"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Raxim Sterling dekabr oyi yakunlariga ko`ra, Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qayd etilishicha, ingliz futbolchisi dekabr oyida APLda 5ta o`yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sterling faoliyati davomida uchinchi marotaba ushbu sovringa ega bo`ldi.
Mazkur sovringa da`vogarlar orasida Joau Kanselu ("Manchester Siti"), Jeyms Meddison ("Lester"), Gabriel Martinelli va Martin Edegor ("Arsenal"), Meyson Maunt ("Chelsi") va Son Xin Min ("Tottenhem" nomlari ham ko`rsatilgan edi.






