"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, "shaharliklar" o`tgan oyda barcha 7ta uchrashuvda g`alaba qozondi. "Aston Villa" (2:1), "Uotford" (3:1), "Vulverhempton" (1:0), "Lids" (7:0), "Nyukasl" (4:0), "Lester" (6:3) va "Brentford" (1:0) jamoalarini mag`lubiyatga uchradi.
Bu sovrin ispaniyalik mutaxassisning APLdagi 11-sovriniga aylandi. Noyar oyida ham Gvardiola tengsiz deb topilgandi.
Gvardioladan tashqari, sovrin uchun Yurgen Klopp, Mikel Arteta va Antonio Konte ham nomzodlar ro`yxatidan joy olgandi.






