"PSJ" hujumchisi Lionel Messi kelasi haftada umumiy guruh mashg`ulotlariga qaytadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Messi 15 yanvar kuni "Brest"ga qarshi o`yinda maydonga tusha olmaydi. Argentinalik futbolchida koronavirus aniqlangani bois mashg`ulotlarda ishtirok eta olmayotgandi.
Bundan tashqari, Messi Argentina terma jamoasining Chili (28 yanvar) va Kolumbiya (2 fevral) qarshi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi o`yinlarini o`tkazib yuboradi.