Termizda voleybol bo`yicha 2004-yil va undan kichik yoshdagi qizlar o`rtasida Respublika turniriga start berildi. Musobaqa Termiz davlat texnika universiteti sport majmuasida bo`lib o`tmoqda.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Namangan, Andijon, Farg`ona, Xorazm, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyati (2ta jamoa) vakilalari g`oliblik uchun bahslarga kirishdi.
Qur`a natijasiga ko`ra jamoalar ikki guruhga taqsimlanishdi:
“A” guruhi: Xorazm, Qashqadaryo, Andijon, Surxondaryo-1.
“B” guruhi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Namangan, Farg`ona, Surxondaryo-2.
Bugun musobaqaning ochilish marosimi o`tkazilib, o`yinlarga start berildi.
Musobaqa joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida ilk bor o`tkaziladigan qizlar o`rtasida U-17 Osiyo chempionati uchun terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashga xizmat qiladi.