1

Ertadan yana bir yangi telekanal o`z faoliyatini boshlaydi.

Jamiyat 16.01.2022, 18:30
Ertadan yana bir yangi telekanal o`z faoliyatini boshlaydi.

Prezidentning 2021 yil 18 noyabrdagi «Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to`g`risida»gi qarori ijrosiga muvofiq, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali – «Nurafshon TV» o`z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Unda hududning ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy va madaniy-ma`rifiy hayotida ro`y berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yo`lida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida turkum telelavhalar beriladi.

photo2022-01-1610-31-26-2.jpg

Shuningdek, hududning tarixi, madaniyati, san`ati, adabiyoti va urf-odatlari, boy tabiati, so`lim go`shalari va turizm salohiyatini aks ettiruvchi, ularni o`rganish, asrab-avaylash va keng targ`ib qilishga yo`naltirilgan ko`rsatuv va eshittirishlar tayyorlanadi.
Shu bilan birga, davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish bo`yicha samarali hamkorlikni yo`lga qo`yiladi.

photo2022-01-1616-30-34.jpg

Telekanal rasman ertaga, 17 yanvar kuni 9.00 dan o`z dasturlarini boshlaydi. Efir setkasi tunu kun, 24 soat uchun uzluksiz tarzda tuzilgan.
 

photo2022-01-1610-59-45.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1