1

"O`zbekistonga uchib kelgan 151 nafar testi bor fuqaroda virus aniqlandi" Kecha aeroportda "bosh ko`targan" odamlar yuzasidan munosabat bildirildi

Jamiyat 16.01.2022, 21:42
"O`zbekistonga uchib kelgan 151 nafar testi bor fuqaroda virus aniqlandi" Kecha aeroportda "bosh ko`targan" odamlar yuzasidan munosabat bildirildi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirish jarayonida fuqarolar orasida norozilik holatlari paydo bo`lgani haqida videolavha tarqaldi.

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bu bo`yicha tegishlicha munosabat bildirdi.

"Kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin ko`rinishga kirib bormoqda. Bunday holatda yurtimizga kirib keluvchi har bir fuqaroni koronavirusga eksperss-antigen test topshirtirib qabul qilish eng to`g`ri yo`ldir",-deyiladi unda.

Qayd etilishicha, O`zbekistonga uchib kelgan 151 nafar testi bor fuqaroda virus aniqlangan. Ularning holatiga qarab uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yo`naltirilgan. Uy sharoitida davolanishi kerak bo`lgani uchun har bir fuqaroga aeroportning o`zida bepul 4 xildagi dori-darmon berilgan.  

Shuningdek, markaz fuqarolar noroziligiga sabab bo`lgan test narxiga ham to`xtalib o`tdi.

"Ekspress test narxi 5 AQSh dollari ekvivalentida belgilangan bo`lib, bu dunyo ko`rsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardandir. Shuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga  50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha bo`lgan bolalardan test olinmaydi",-deya ma`lum qilinadi.

Alohida ta`kidlanishicha, bu  tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.

"Vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus infeksiyasini yuqtirgan fuqarolarni tezkor aniqlash, davolash va infeksiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuning uchun, yurtdoshlarimizdan mazkur chora-tadbirlarni to`g`ri qabul qilib, o`z fuqarolik burchini anglab, mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasining yangi to`lqini ko`tarilmasligi uchun shaxsan hissa qo`shishlarini so`rab qolamiz",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1