1

Vodiydan Toshkentga ketayotgan yuk mashina chuqurga tushib ketdi. Haydovchi halok bo`lgan

Jamiyat 18.01.2022, 15:33
Vodiydan Toshkentga ketayotgan yuk mashina chuqurga tushib ketdi. Haydovchi halok bo`lgan

2022 yil 11 yanvar kuni soat 21:30 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 221 km.da, Qo`shminor MFY hududida inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi, 1971 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvida bo`lgan MChJga qarashli MAN rusumli yuk avtomashinani yo`l varaqasi bilan Vodiy-Toshkent yo`nalishida boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi chuqurga tushib ketgan.

Natijada, avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan, 1974 yilda tug`ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq shikasti, qo`shma shikast tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 12 yanvar kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1