1

Farg`onada 6 kg. 90 gramlik chaqaloq dunyoga keldi

Jamiyat 19.01.2022, 11:14
Farg`onada 6 kg. 90 gramlik chaqaloq dunyoga keldi

Farg`ona shahar tug`ruq kompleksida 6 kg. 90 gramlik chaqaloq dunyoga keldi. Farg`ona shahrida yashovchi Mavludaxon Xo`jaeva zudlik bilan ro`yhatga olinib tug`ruq xonasiga olib kirildi. Bu haqda Farg`onadan maxsus muxbirimiz Ahror Ziyo xabar qilmoqda. 

Xabarda aytilishicha, chaqaloq dunyoga kelishi oson bo`lmagan. Shifokorlar ayolning yonida 9 soatdan ko`proq birga bo`lishgan. Soat 12-10 da chaqaloq kesar-kesish yo`li bilan tug`ilgan.  

Mavluda Xo`jaevaning hozir ahvoli yaxshi. Shifokorlarning e`tibori va qarovi bilan u o`zini tiklab olgan. Ammo biroz holsizligi sabab chaqaloq shifokorlar yordamida ozuqlantirilmoqda.  

Ko`pincha yangi tug`ilgan chaqaloqlarni vazni 3-3,5 kg tashkil etadi. 4-4,5 kg gacha tug`ilgan chaqaloq yirik chaqaloq deyiladi. 4,5 kgdan yuqori tug`ilgan chaqaloqlar "gigant" chaqaloq hisoblanadi. Ota-ona gigant chaqaloqqa hali ism tanlashga ulgurmagan. 

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Mavluda Xo`jaevaning 3 nafar qizalog`i bor. Gigant chaqaloq esa 4-o`g`il farzandlari hisoblanadi. 3 nafar farzandi 3-3.5 kilogram bo`lib dunyoga kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1