AsosiyJinoyat

Kredit mablag`ini o`zlashtirgan sobiq XUJMSh rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Kredit mablag`ini o`zlashtirgan sobiq XUJMSh rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qibray tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, hududdagi “Q-Z.” xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati sobiq rahbari J.O. shirkatga bank muassasasidan ajratilgan 581 mln so`m kreditning 291,5 mln so`mini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o`zi rahbarlik qilib kelayotgan “M.Q.” xususiy korxonasiga o`tkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar