1

Mahallalarda yangi lavozim joriy etilmoqda

Jamiyat 20.01.2022, 10:36
Mahallalarda yangi lavozim joriy etilmoqda

Prezident Qarori bilan maktablardagi yoshlar etakchilari shtat birliklari o`rniga mahallalarda yoshlar etakchisi lavozimi joriy etiladi.

"Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident qaroriga asosan, maktablardagi yoshlar etakchilari shtat birliklari qisqartirilib, ular endi har bir mahallada ish olib boradi.

Yoshlar etakchisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to`g`risidagi zarur ma`lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
  • mahallalarda yoshlarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o`yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
  • yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste`dodi va tashabbuslarini rag`batlantirish hamda hayotda o`z o`rnini topishlariga ko`maklashish;
  • yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma`naviy rivojlanishini ta`minlash;
  • huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo`lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o`quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya qilinishi va moslashuviga ko`maklashish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1