Sevimli

Sud aralashuvi bilan qariyb bir yarim milliard so`m mablag` iste`molchilar foydasiga hal etildi

Jamiyat 20.01.2022, 11:16
Sud aralashuvi bilan qariyb bir yarim milliard so`m mablag` iste`molchilar foydasiga hal etildi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Darakchi uz'ga bu boradagi ayrim ma`lumotlarni taqdim qildi.

Unga ko`ra, 2021 yil davomida iste`molchilardan jami 11220 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 64 tasi asosida sud organlariga da`vo arizalari kiritilgan va ijobiy hal etilgan. Buning natijasida 1 365 075 465 (bir milliard uch yuz oltmish besh million etmish besh ming to`rt yuz oltmish besh) so`m moddiy va ma`naviy zararlar iste`molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Ta`kidlanishicha, iste`molchilardan kelgan shikoyatlarning eng ko`pi, ya`ni 4241 tasi (37,8%) savdo sohasiga, 1617 tasi (14,4%) gaz ta`minoti sohasiga, 1150 tasi (10,2%) elektr ta`minoti sohasiga, 536 tasi (4,8%) suv ta`minoti sohasiga, 363 tasi (3,2%) kommunal xizmat sohasiga, 134 tasi (1,2%) sog`liqni saqlash sohasiga, 923 tasi (8,2%) xizmat ko`rsatish (servis) sohasiga, 276 tasi (2,5%) transport sohasiga, 369 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga, 1612 tasi (14,4%) esa boshqa sohalarga to`g`ri keladi.

Шарҳлар