1

"Chegaradan kirib kelgan 13 tonnaliik narkotik modda..." DXXning iste`fodagi polkovnigi rekord darajada shov-shuv bo`lgan jinoyat ishi haqida gapirib berdi

Jamiyat 20.01.2022, 13:27
"Chegaradan kirib kelgan 13 tonnaliik narkotik modda..." DXXning iste`fodagi polkovnigi rekord darajada shov-shuv bo`lgan jinoyat ishi haqida gapirib berdi

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Faxriylar kengashi raisi o`rinbosari, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yurist, iste`fodagi polkovnik Erkin Abdullaev O`zA bilan suhbatda 1992 yilda ancha shov-shuvga sazovor bo`lgan jinoyat ishi tafsilotini aytib berdi. 

— O`sha yilning 8 oktyabr kuni Termiz shahrida 30 tonnaga yaqin miqdorda Afg`oniston Islom Respublikasidan tranzit kirib kelgan. Quritilgan mayiz joylashtirilgan qutilar bojxona tekshiruvidan o`tkaziladi. Hujjatlarda ko`rsatilishicha, bu mahsulot sobiq Ittifoq davlatlari, Belgiya, AQShdan o`tib, Kanadaga etib borishi kerak bo`lgan.

Konteynerlarni tekshirish chog`ida haqiqiy mayiz qutilari orasida g`isht shaklida taxlangan narkotik modda – gashish topiladi. Jami 1305 qutida bir kilogrammli 13 tonna 50 kilogramm gashish moddasi qo`lga tushiriladi.

Termiz bojxonasi 12 oktyabr kuni Jinoyat Kodeksining 69-moddasi («Kontrabanda») asosida jinoyat ish ochadi va tergov ishlarini davom ettirish uchun DXXga yuboradi. Ishni men qabul qilib olganman.

– 13 tonnadan ziyod narkotik moddani shuncha davlatlar orqali olib o`tish uchun qanday yurak kerak?!

– Jinoyatchilar ham anoyilardan emas edi. O`zbekiston kabi MDHga a`zo boshqa davlatlar ham Mustaqillikka erishganiga endigina bir yilgina bo`lgan. Ularning nazarida chegaralarni qo`riqlashga uncha ahamiyat berilmagan, kontrabanda mahsulotlarini ushlab qolishga tajribasi yo`q, deb o`ylashgan. Evropa va AQSh haqida esa salmoqli bir gap aytishim qiyin.

Xullas, joyiga chiqib, tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov eksperimenti hamda voqea guvohlari bilan suhbatlar o`tkazildi. 

Kimyoviy ekspertiza qo`lga tushirilgan narkotik moddaning gashish ekanini tasdiqlab berdi. 

Mahsulotning ekspedisiya hujjatlarida yozilishicha, yuk «M.Yunus» tomonidan «M.Yusuf»ga etkazib berilishi ko`zda tutilgan, «mayiz»larning narxi 22400 AQSh dollari etib ko`rsatilgan. «Ashpan-forvarding end paking ko LTD» transport-ekspeditorlik kompaniyasi yukni manzilga etkazib berishni zimmasiga olgan.

DXX AQSh Adliya vazirligi huzuridagi narkobiznesga qarshi kurashish xalqaro tashkiloti bilan aloqa o`rnatadi. Amerika tomoni «noyob mahsulot»ga qiziqish bildiradi va ushbu jinoiy ishga aloqador shaxslarni axtarib topish hamda ularni jinoiy javobgarlikka tortishga va`da beradi. «Mayiz»ning taqdiri esa bojxona qoidalariga yarasha hal etiladi.

– Oxirgi so`zingizni biroz izohlab berishingizni iltimos qilmoqchi edim.

– 1993 yilning yoziga kelib, bu jinoiy ish bo`yicha dastlabki tergov ishlari to`xtatiladi. 1994 yilda xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalar vakillari ishtirokida 13 tonna 50 kilogramm gashish yoqib yuboriladi. 

– Jinoyatchilarning taqdiri nima bilan tugaydi?

– 1998 yilda AQSh «M.Yusuf»va «M.Yunus»larni qo`lga oladi. San-Fransisko shahrida bo`ladigan sud jarayonida mening ishtirok etishim rejalashtirilgan edi. Ayrim mulohazalarga ko`ra, men Amerikaga borolmaganman.

– Sizning AQShga bormasligingizga nima sabab bo`lgan bo`lishi mumkin?

– Bugun birinchi marta shaxsiy mulohazamni aytishimga to`g`ri keladi shekilli. Amerika tomoni bizdan qo`lga tushirilgan 13050 kilogramm «mayiz»ni berishni so`raydi. Tabiiyki, biz rad javobini berganmiz. Chunki u biz uchun jismoniy dalil edi, deya xotirlaydi DXX xodimi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1