Avvalroq LGBT faollarini O`zbekiston markaziga chaqirishda ayblangan bloger ustidan sud ishi boshlangani haqida yozgan edik.
Joriy yilning 20 yanvar sanasida Bozorovga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud boshlangan edi. Biroq sudda tanaffus e`lon qilinib, keyingi sud majlisini o`tkazish 21 yanvar kuniga belgilandi.
Ayni damda Toshkent shahar sudlarining ma`lum qilishicha, bugun fuqaroga nisbatan sud jarayoni nihoyasiga etdi va hukm e`lon qilindi.
Ma`lumot uchun, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi raisi S. Sodiqov raisligida ko`rib chiqildi.
E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra M. Bazarov Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.






