1

Xalq ta`limi vaziri ota-onalar va o`qituvchilarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat 21.01.2022, 21:34
Xalq ta`limi vaziri ota-onalar va o`qituvchilarga murojaat bilan chiqdi

Sizu bizning maqsadimiz Uchinchi Renessans ma`naviy poydevorini barpo etish ekan uning asosida o`qib-o`rganishdan, o`z ustida muntazam ishlashdan charchamaydigan avlodni tarbiyalash yotadi, deya ota onalar va o`qituvchilarga murojaat etadi Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov.

"Har qanday yangilik negiziga o`qib-o`rganish orqali etiladi va yangi g`oyalarga zamin hozirlanadi. Buning uchun farzandlarimizda mutolaa madaniyatini shakllantirish zarurati ayonlashadi",-deya so`zida davom etadi vazir.

"To`g`ri, butun dunyo elektronlashib bormoqda. O`rganishlarimiz shuni ko`rsatdiki, bola kompyuter yoki telefon orqali asosan surat va filmlarni tomosha qiladi. Bular tabiiy va uning qiziqishini biz ham inkor etmaymiz. Lekin bolalarga dastlab darslikdan tashqari kitoblarni ham o`qishga tavsiya qilishimiz zarur",-deydi Baxtiyor Saidov.

Mutaxassislarning maslahat berishlaricha, farzandlarga kitobdan avval gazeta va jurnallar mutolaasini o`rgatgan ma`qul ekan. 

"Albatta, gazeta va jurnal, kitobga mehr "o`z-o`zidan paydo bo`lib qolmaydi. Gazeta-jurnal mutolaasi bu nafaqat yangi bilimlar, balki yurtimizdagi o`zgarishlar, dunyoda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarning mohiyatini anglashga, eng asosiysi, yoshlarni tahlilga o`rgatadi. 

Buning uchun oldimizda turgan vazifalarni belgilab olishni lozim topdik. Avvalo, muallimning o`zi barchaga ibrat bo`lib, o`zi uchun eng zaruriy nashrlarni o`qib, yangi dars metodikalarini o`rganib, tahliliy maqolalardan tegishli xulosalar chiqarib, o`z ustida muntazam ishlashni yo`lga qo`yishi zarur. O`qituvchilar bilim va malakasini oshirishida pedagogik nashrlarning o`rni alohidadir",-deya qayd etadi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1