1

-5 daraja sovuqqacha... "O`zgidromet" hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

Jamiyat 24.01.2022, 13:06
-5 daraja sovuqqacha... "O`zgidromet" hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, dam olish kunlari sovuq va nam havo massalarining kirib kelishidan so`ng bugun ertalab O`zbekiston bo`yicha kam bulutli ob-havo o`rnashdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun va keyingi ikki kun davomida respublikaning barcha hududlarida biroz shamol bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo  saqlanib turadi. Biroq, Qozog`iston hududlaridan bizga kirib kelgan sovuq antisiklon mamlakatimiz hududini tark etishga shoshilmayapti. Kechalari va ertalabki soatlarda 0-3° sovuq, ba`zi joylarda 5° sovuqqacha atrofida bo`lgan biroz manfiy harorat saqlanib turadi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni isitadi, ammo harorat 5-8° iliqdan oshmaydi. Shimolda kechalari 6-9° sovuq, kunduz kunlari 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz isiydi, respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 8-10° iliq, ba`zi joylarda 12° iliqqacha atrofida bo`ladi.

Juma kuni O`zbekistonning barcha hududlarida (Farg`ona vodiysidan tashqari) yomg`ir yog`adi, shimolda va respublikaning tog`li hududlarida yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi.

Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1