1

"Hamma pulni bank eb yotibdi" Jizzaxdagi bankomatga xakerlar hujum qildi  

Jamiyat 25.01.2022, 07:36
"Hamma pulni bank eb yotibdi" Jizzaxdagi bankomatga xakerlar hujum qildi   

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Xalq banki shoxobchasiga xakerlar hujum qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda shoxobcha tablosida "Hamma pulni bank eb yotibdi" degan yozuv aylangani aytiladi.

Holat yuzasidan Xalq bankining Bank brendi va axborot xizmati xodimi Muhammadjon Ahmadjonov quyidagilarni ochiqladi.

Qayd etilishicha, holat Zomin tumanidagi bankomatdardan birida sodir bo`lgan. Bankomat peshtaxtasidagi yozuvlar o`chirilib, uning o`rniga "Hamma pulni bank eb yotibdi" gapi aylantirilgan.

"Hozirda tablodagi so`zlar to`g`irlangan. Lekin mutasaddi idoralar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu ishni kim va nima maqsadda qilganini aniqlaymiz",-deydi Muhammadjon Ahmadjonov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1