1

Metro bekatlari oralig`ida to`xtab qolgan vagonlarda qolib ketgan 415 nafar yo`lovchi olib chiqildi

Jamiyat 25.01.2022, 18:01
Metro bekatlari oralig`ida to`xtab qolgan vagonlarda qolib ketgan 415 nafar yo`lovchi olib chiqildi

Elektr energiyasi tarmoqlarida yuzaga kelgan uzulishlar sababli FVV hamkorlikda metro bekatlari oralig`ida to`xtab qolgan vagonlarda qolib ketgan 415 nafar yo`lovchi olib chiqildi.

Qayd etilishicha, «Toshkentmetropoliteni»ning «Mashinasozlar» (135 nafar), «Bodomzor-Minor» (70 nafar) va «Amir Temur» (210 nafar) bekatlari oralig`ida (vagonlar ichida) qolib ketgan yo`lovchilar olib chiqilgan.

Shuningdek, soat 12:10da Namangan viloyati Pop tumani 114-116 km. larda yuk poezdi to`xtab qolganligi uchun 83 km. da yo`lovchi poezd vaqtinchalik to`xtatilgan. Yuk poezdini zahira yo`lga olib qo`yish uchun teplavoz va «Qamchiq» MQYoQBdan maxsus texnikalarda qutqaruvchilar jalb etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1