AsosiyDunyo

O`zbekiston Afg`onistonga elektr energiyasi eksportini to`xtatdi — DABS

'O`zbekiston Afg`onistonga elektr energiyasi eksportini to`xtatdi — DABS'ning rasmi

O`zbekiston mamlakatdagi keng ko`lamli uzilishlar tufayli Afg`onistonga elektr energiyasi eksportini to`xtatdi. Bu haqda uznews.uz Afg`oniston milliy elektr kompaniyasi (DABS) Matbuot xizmatiga tayanib ma`lum qildi. 

"Markaziy Osiyo elektr energetikasi tizimidagi ayrim texnik nosozliklar tufayli O`zbekiston, Qirg`iziston va Qozog`istonda elektr energiyasi uzilib qoldi. Bu muammo natijasida, O`zbekistondan mamlakatga import qilinadigan elektr energiyasi uzilib qoldi. Yaxshiyamki, DABS texnik guruhi birinchi marta Turkmaniston elektr energiyasini Kobulga ulashga muvaffaq bo`ldi", - deyiladi xabarda.

Kompaniya xabariga ko`ra, 3 davlatdan kelgan texnik guruhlar Markaziy Osiyo elektr tizimidagi muammoni imkon qadar tezroq bartaraf etish ustida ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar