Hududgazta`minot xabar berishicha, iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o`chirish vaqtinchalik to`xtatilgan.
Xonadoningizdagi hisoblagich o`chirilgan bo`lsa, avvalo asosiy kiruvchi va uy ichidagi barcha gaz jihozlarni o`chiring, so`ngra markaziy ko`k ENTER tugmasini uch marta bosing va 6 daqiqa kuting.
Gaz bilan bog`liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda, siz gaz ta`minoti tashkilotining 104 raqamiga qo`ng`iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.