Avvalroq O`zbekiston elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar kuzatilgani, bunga Qozog`iston Respublikasi elektr tarmog`ida yuz bergan "avariya" sabab bo`lgani haqida yozgan edik.
Shundan bir muddat o`tib, Toshkent issiqlik elektr stansiyasining 7 ta energoblokidan 5 tasi barqaror faoliyat yuritishni boshladi.
Energetika vazirligi hududlarda elektr energiyasi bilan bog`liq hozirgi holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yil 25 yanvar soat 19:30 holatiga Qorakalpog`iston Respublikasi — elektr ta`minoti to`liq tiklangan;
2. Andijon viloyati — Andijon shahar 35%, Xonabod 100%, mavjud, asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta`minotiga ulangan;
3. Buxoro viloyati — Olot, Qorako`l, Qorovulbozor va Peshku tumanlarida to`liq, Vobkent tumanida 20%, Romitan tumanida esa 40 % elektr ta`minoti tiklandi;
4. Jizzax viloyati — hozircha viloyatning 10–15 foizi elektr ta`minoti bilan ta`minlandi;
5. Qashqadaryo viloyati — to`liq elektr ta`minotidan uzilgan, tiklash-sozlash ishlari olib borilmoqda;
6. Navoiy viloyati — Navoiy shahrida 60%, Karmana tumanida 55%, Navbahor tumanida 40%, Konimex tumanida 35% va Nurota tumanida 70% iste`molchilarda elektr ta`minoti tiklandi;
7. Namangan viloyati — hozircha qisman tibbiyot muassasalari hamda suv ta`minoti korxonalari elektr ta`minotiga ulangan;
8. Samarqand viloyati — Samarqand shahrida 45%, Samarkand tumani 15%, Paxtachi tumanida 100%, Kattaqo`rg`on tumani va Kattaqo`rg`on shahri 8%, Narpay va Pastdarg`om tumani 30% elektr ta`minoti mavjud;
9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100% elektr ta`minoti mavjud. Oltinsoyda 70% iste`molchilar tarmoqqa ulandi;
10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 60%, Yangier 60%, Shirin shahri 100%, Boyovut 30%, Sayxunobod tumani 20%, Guliston tumani 20%, Mirzaobod tumani 10%, Xovos tumani 50% elektr tarmog`iga ulandi;
11. Toshkent viloyati — Olmaliq shahar 70%, Angren shahar 50%, Chirchiq 70%, Ohangaron shahar 100 %, Bo`ka tumani 40 %, Bo`stonlik 90%, Qibray 70%, Ohangaron tumani 80%, Parkent 100%, Toshkent tumani 60%, Yuqori Chirchiq tumani 60% iste`molchilar tarmoqqa ulandi;
12. Farg`ona viloyati — Farg`ona shahri 50%, Qo`qon shahri 5%, Uchko`prik tumani 40%, O`zbekiston tumani 20%, Farg`ona tumani 10%, Dang`ara tumani 40%, So`h tumani 100%, qolgan hududlarda asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta`minotiga ulangan;
13. Xorazm viloyati — elektr ta`minoti to`liq tiklangan;
Shuningdek, Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani 100%, Yunusobod 50%, Shayxontohur 10%, Olmazor 20%, Yakkasaroy 10%, Yashnobod 50%, Mirobod 40% va Sirg`ali tumanida 10% iste`molchilar tarmoqqa ulangani haqida xabar berildi.