Kecha Antaliya markazida 29 yil ichida birinchi marta qor yog`di. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ma`lumot uchun, Turkiyaning shimoli-g`arbiy qismida 21 yanvardan beri qor bo`roni davom etmoqda. Noqulay ob-havodan eng ko`p Istanbul zarar ko`rgan.
Shu vaqtgacha mahalliy aeroportdagi barcha reyslar to`xtatildi. Marmara dengizining bir qancha hududlarini 50-60 sm gacha qor qoplagan.
Bir kun avval hukumat aholisiga uyda qolishni va imkon qadar ko`chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan edi. Sinoptiklarning prognozlariga ko`ra, Istanbulda yog`ingarchilik jumagacha davom etadi, chorshanba kuni ularning intensivligi pasayadi.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval "Istanbulda kuchli qor tufayli "hayot to`xtab qoldi" mazmunidagi xabarni e`lon qilgan edik.