1

Toshkentdagi xonadonlar sekin-asta issiqlik tizimi ta`minlanmoqda

Jamiyat 25.01.2022, 23:05
Toshkentdagi xonadonlar sekin-asta issiqlik tizimi ta`minlanmoqda

O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi Toshkentdagi xonadonlarda issiqlik tizimi tiklanayotgani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtda dastlab birinchi issiqlik markazi ishga tushgan. Bu bilan shahar xonadonlari 2-3 soatda isishni boshlashi aytiladi.  

Shuningdek, xabarga ko`ra, hozirda shahardagi 4 va 6- issiqlik markazlari ham ish rejimiga o`tkazildi.

Ushbu issiqlik markazlari quyidagi manzillarga xizmat ko`rsatadi.

Issiqliq markazi -4:

Amir Temur shoh ko`chasi, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta xalqa yo`li, Kichik xalqa yo`li, Shahriston, Chinobod, Qahramon, Moyqo`rg`on, Quloqtepa, Yangi Yunusobod, Yunus ota, Juma masjid ko`chalari, Yunusabod tumanining 1−19 dahalari.

Issiqlik markazi -6:

Munis, Sariko`l, Eski Sariko`l, Yangizamon, Yangi Qo`yliq, Abdurauf Fitrat, Farg`ona yo`li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayxun, Surxon ko`chalari, Qo`yliq -1−7 massivlari, Qo`yliq — Aylanma yo`li.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1