1

Shavkat Mirziyoev kechagi elektr energiya ta`minoti uzilishi bo`yicha munosabat bildirdi

Jamiyat 26.01.2022, 17:37
Shavkat Mirziyoev kechagi elektr energiya ta`minoti uzilishi bo`yicha munosabat bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoev olis-yaqin hududlarda yuz berayotgan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, texnogen ofatlar bizga ham o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmasligini, kuni kecha elektr ta`minoti bo`yicha sodir bo`lgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganini aytib o`tdi, deya ma`lum qildi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. 

Shuningdek, ta`kidlanishicha, davlat rahbari Komissiya, tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo`lib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy ta`sirini bartaraf etish bo`yicha ishlarni, shaxsan nazoratiga olgan.

Bunday “ekstremal” vaziyatda, energetika, neft-gaz, kommunal soha, transport, hokimliklar, sog`liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar va huquq-tartibot idoralari, ommaviy axborot vositalari o`zaro bahamjihat ishlagani hisobiga avariya oqibatlari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. 

Shu bilan birga, bunday holatda xalqimiz ham vaziyatni to`g`ri qabul qilib, sarosimaga tushmadi. Fursatdan foydalanib, avvalo sabr-toqatli xalqimizga, shuningdek, ushbu vaziyatni bartaraf etishda jonbozlik ko`rsatgan barcha soha va idoralar xodimlariga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq vakillariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman”, - dedi Shavkat Mirziyoev. 

Bu hodisadan to`g`ri xulosa qilib, biz O`zbekiston taraqqiyotini davrimizning global muammolari bilan yanada bog`liq holda ko`rish, bu boradagi mavjud tahdid va muammolarni bartaraf etishga doimo tayyor turishimiz kerakligi aytildi. 

Tinch-osoyishta hayot osmondan tushmaydi. Bu hayotni qadrlash, asrab-avaylash, bu hayotni himoya qilish kerak”, - dedi prezident.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1