AsosiyJamiyat

"Toshkent shahrida — 18 foiz...". Energetika vazirligi O`zbekiston bo`ylab tabiiy gaz ta`minoti bilan bog`liq holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi

'"Toshkent shahrida — 18 foiz...". Energetika vazirligi O`zbekiston bo`ylab tabiiy gaz ta`minoti bilan bog`liq holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Energetika vazirligi bugun, 27 yanvar soat 12:00 holatiga ko`ra, Respublikamiz hududlarida tabiiy gaz ta`minoti bilan bog`liq holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, hozirgi paytda iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish bo`yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ko`rilgan choralar tufayli tabiiy gaz iste`molchilarining 67 foizida ijobiy natijaga erishildi.

Shu bilan birga, quyida gaz bosimi nisbatan past hududlar ro`yxati keltirilmoqda:

1. Farg`ona viloyatida — 57%;  

2. Andijon viloyatida — 75%;

3. Namangan viloyatida — 58%;  

4. Toshkent viloyatida — 99%;  

5. Surxondaryo viloyatida — 32%;

6. Toshkent shahrida — 18%ni tashkil etmoqda.

Mazkur hudud iste`molchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha O`zbekistonda yuzaga kelgan nosozlik ortidan yuridik shaxslarga va gaz qo`yish shoxobchalariga gaz berish to`xtatilgan edi. Bugun, 09:00dan boshlab aksariyat gaz qo`yish shoxobchalariga gaz etkazib berish boshlangani ma`lum qilindi

    Boshqa yangiliklar