AsosiySport

O`zbekistondan o`n etti nafar bokschi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

'O`zbekistondan o`n etti nafar bokschi Osiyo chempionati finaliga chiqdi'ning rasmi

"Universal" sport majmuasida boks bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. 

O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabariga ko`ra, hozirga kelib barcha final ishtirokchilari ma`lum bo`ldi.

"Qiziqarli va murosasiz saralash bellashuvlari yakunida 17 nafar vakilimiz finalda jang olib boradigan bo`ldi. Endi ular ertaga qit`a chempionligi uchun ringga ko`tarilishadi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan 3 nafar bokschimiz esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi",-deyiladi xabarda.

Finalchilar:

O`g`il bolalar:

-48 kg: Asilbek Jalilov

-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov

-54 kg: Shaxzod Muzaffarov

-57 kg: Dilshod Abdumurodov

-60 kg: Xurshid Rasuljonov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-67 kg: Javlon Yo`ldoshev

-71 kg: Azizbek Tojiev

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev

-80 kg: Jasurbek Yo`ldoshev

-86 kg: Timur Merjanov

+92 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:

-48 kg: Farzona Fozilova

-50 kg: Sabina Bobokulova

-52 kg: Feruza Kazakova

-54 kg: Nigina O`ktamova

-63 kg: Moxinabonu Abdullaeva

Bronza medali sohiblari:

-92 kg: Javoxir Tog`aymurodov

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Dilfuza Bekova

    Boshqa yangiliklar