AsosiyJamiyat

O`zbekiston: 41,7 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi, 725 203 nafar 12-18 yoshli bolalar ixtiyoriy emlandi

'O`zbekiston: 41,7 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi, 725 203 nafar 12-18 yoshli bolalar ixtiyoriy emlandi'ning rasmi

27 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 114 537 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ulardan:

-1-bosqich emlanganlar 21 883  nafarni,

-2-bosqich emlanganlar 42 179  nafarni,

-3-bosqich emlanganlar 50 475  nafarni tashkil qildi.  

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 41 795 108 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

-1-bosqich emlanganlar 19 257 995  nafarni,

-2-bosqichda emlanganlar 14 531 759  nafarni,

-3-bosqich emlanganlar 8 005 354 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

-Qashqadaryo viloyati (22 862 doza),

-Toshkent viloyati (12 720 doza),

-Farg`ona viloyati (12 573 doza),

-Toshkent shahri (12 512 doza) qildi.

Birinchi doza bilan emlash ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 89,8 foizni, to`liq bosqichlarda emlanish ko`rsatchiki esa 68,1 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 27 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 725 203 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.  

Ulardan:

-1-bosqich emlanganlar 458 386 nafarni,

-2-bosqich emlanganlar 266 817 nafarni tashkil qildi.

Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (172 592 doza), Samarqand (110 050 doza), Andijon (80 560 doza), Qashqadaryo (64 824 doza), Namangan (62 430 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.

    Boshqa yangiliklar