AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi — "O`zgidromet"

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat  kunning birinchi yarmida Toshkent viloyatining ba`zi hududlarida biroz yomg`ir yog`adi, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida qor yog`adi. Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarining ba`zo hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 4-6° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar