AsosiyJinoyat

Toshkentda yonida qurol olib yurgan yo`lovchi aniqlandi

'Toshkentda yonida qurol olib yurgan yo`lovchi aniqlandi'ning rasmi

 29 yanvar kuni soat 03:00 larda, Mirobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari A.Muminov va Z.Tilepovlar tomonidan, KXAY ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan "Nexia" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida, yo`lovchi, 2003 yilda tug`ilgan O.X.ning sumkasidan tegishli hujjatlari bo`lmagan pnevmatik qurol borligi aniqlangan.

Mazkur xolat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.X. va aniqlangan qurol Mirobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Tekshiruvlar davom etmoqda...

    Boshqa yangiliklar