O`zbekistonlik dzyudochi Murodjon Yo`ldoshev Almada shahrida bo`lib o`tayotgan Portugaliya Gran-Prisida oltin medalni qo`lga kiritdi.
Final uchrashuvida Murodjon ispaniyalik Kases Rokani mag`lubiyatga uchratdi.
Bu haqda Euronews xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu 26 yoshli Yo`ldoshev uchun Gran-pri turniridagi ilk oltin medaldir.
Uni g`olibga Portugaliya Olimpiya qo`mitasi raisi Xose Manuel Konstantino topshirgani aytiladi.






