AsosiyJamiyat

Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShga kim sabab ketganini aytdi

'Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShga kim sabab ketganini aytdi'ning rasmi

Iste`dodli yosh grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova o`tgan yildan e`tiboran AQSh terma jamoasi sharafini himoya qilyapti.

Gulruhbegim Rossiyaning Sochi shahrida shaxmat bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida o`tkazilgan FIDE Jahon Kubogida AQSh terma jamoasida debyut qilib, 1/32 final bosqichiga etib borgan edi. 

Tohirjonova O`zbekistondan ketishiga kim sababchi bo`lganligini olamsport bergan intervyusida ma`lum qildi.  

"Menga oxirgi payt O`zbekiston shaxmat federasiyasida bo`layotgan ishlar haqida jurnalistlar savollar berishyapti. Shundan kelib chiqib shu va boshqa savollarga ham javob berishga qaror qildim. 

"Rostan ham ketishingizga Federasiya raisi o`rinbosari Husan Turdaliev sabab bo`lganmi?" deb so`rashdi.

Ha, haqiqatan ham ketishimga Turdaliev va uni qilgan ishlari sabab bo`lgan. Birinchisi, meni opalarim bilan O`zbekiston terma jamoasida O`zbekiston sharafini himoya qilishimizga ruxsat berilmagan. Va hech qachon uch opa-singilda hech qaysi turnirda O`zbekiston sharafini himoya qilishga imkon bo`lmagan. Moliyaviy tarafdan 15 yil ichida federasiya tarafidan qo`llab-quvvatlanmaganmiz. Bunga o`xshash vaziyatlar ko`p va bular haqida gapirib o`tirmayman.

"O`zbekistonga qaytib kelasizmi? Qachon qaytasiz?" degan savollar ham ko`p bo`lyapti...

... Qiziqayotganingiz uchun katta rahmat. Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov federasiya rahbariyatiga kelganidan keyin juda ham katta o`zgarishlar bo`ldi. Ular juda ham yuqori darajadagi, yaxshigina mukofot jamg`armasiga ega turnirlarni tashkil qilishdi. O`zbekiston yoshlariga, mamlakat shaxmatiga bo`lgan qiziqish, munosabat o`zgardi. Juda katta qo`llab-quvvatlanish bo`lyapti. Bu o`zgarishlarni ko`rib juda ham quvondim. Men qaytishim mumkin, agar federasiyada o`zgarishlar bo`lsa. Albatta, o`z yurtim sharafini himoya qilishdan juda ham xursand bo`lardim. Lekin o`sha sharoitda men o`sishim uchun boshqa davlatga ketishim kerak degan qarorga kelgan edim", - degan sportchi.

 

    Boshqa yangiliklar