AsosiyJamiyat

Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo`lmaganligi uchun rad etish taqiqlanadi

'Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo`lmaganligi uchun rad etish taqiqlanadi'ning rasmi

“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta`minlash hamda aholining sudlarga bo`lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 29.01.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko`rib chiqishda ma`muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • ma`muriy sudlarga dalillarni yig`ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig`ishda faqat o`z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
  • davlat organlari qarorlari natijasida etkazilgan zararni undirish talabini ham ma`muriy sudga bildirish huquqi beriladi;
  • ma`muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo`llanadi.

Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo`lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatishni taqiqlanadi.

Arizalar sudga taalluqli bo`lmaganda ularni ko`rib chiqish vakolatli sudga o`tkaziladi.

 Bir sud ishi doirasida ba`zilari ma`muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli bo`lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.

    Boshqa yangiliklar