Avval xabar qilganimizdek, Gulruhbegim Tohirjonova Rossiyaning Sochi shahrida shaxmat bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasida o`tkazilgan FIDE Jahon Kubogida AQSh terma jamoasida debyut qilib, 1/32 final bosqichiga etib borgandi.
Tohirjonova o`z intervyusida "O`zbekistonga qaytib kelasizmi? Qachon qaytasiz?" degan savolga javob berdi.
"Qiziqayotganingiz uchun katta rahmat. Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov federasiya rahbariyatiga kelganidan keyin juda ham katta o`zgarishlar bo`ldi. Ular juda ham yuqori darajadagi, yaxshigina mukofot jamg`armasiga ega turnirlarni tashkil qilishdi. O`zbekiston yoshlariga, mamlakat shaxmatiga bo`lgan qiziqish, munosabat o`zgardi. Juda katta qo`llab-quvvatlanish bo`lyapti. Bu o`zgarishlarni ko`rib juda ham quvondim. Men qaytishim mumkin, agar federasiyada o`zgarishlar bo`lsa. Albatta, o`z yurtim sharafini himoya qilishdan juda ham xursand bo`lardim. Lekin o`sha sharoitda men o`sishim uchun boshqa davlatga ketishim kerak degan qarorga kelgan edim", - deydi shaxmatchi.






