AsosiyJamiyat

O`zbekistonda hisoblagichi yo`q uylardagi ichimlik suvini hisoblashning yangi me`yorlari joriy etildi

'O`zbekistonda hisoblagichi yo`q uylardagi ichimlik suvini hisoblashning yangi me`yorlari joriy etildi'ning rasmi

Ma`lumki, 2022 yil 1 fevralgacha Toshkent shahridagi ko`p kvartirali uylarda kishi boshiga kuniga 330 litr, hovli uylarda esa kishi boshiga kuniga 389 litr bo`lgan suv iste`moli me`yorlari qo`llanilgan, shuningdek, avtomashina uchun 100 litr, uy hayvonlari uchun 8 litrdan 65 litrgacha, sug`orish mavsumida suv sepish va sug`orish maydonining(trotuarlar va bog`lar) har 1 kvadrat metr uchun kunlik 36 litr bo`lgan me`yorlar mavjud edi.  

Yangi me`yorlar bo`yicha esa 2022 yil 1 fevraldan boshlab, ko`p kvartirali va hovli uylarda kuniga 350 litr bo`lgan yagona me`yor qo`llaniladi, avtomashina va uy hayvonlari uchun mavjud bo`lgan boshqa me`yorlar chiqarib tashlanadi. Suv sepish uchun me`yor 15 litrgacha kamaytiriladi. Bu haqda “O‘ZSUVTA’MINOT” AJ xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yangi iste`mol me`yorlari joriy etilayotganligi tariflar oshganligini anglatmaydi. Aksincha, yangi me`yorlar suv iste`moli uchun harajatlarni qisqartirib, iste`molchilar uchun hisob-kitob tizimining shaffofligini oshiradi.  

Masalan, soddalashtirilgan me`yorlar va 2021 yil 24 yanvardan Toshkent shahrida amal qilayotgan tariflar bo`yicha bir oyda:  

- ko`p kvartirali uylarda kishi boshiga – 17 033 so`m(ilgari 16 060 so`m bo`lgan);  

- hovli uylarda kishi boshiga – 12 242 so`m(ilgari 13 607 so`m bo`lgan);  

- suv sepish maydonining 10 kvadrat metri uchun – 3 190 so`m(ilgari 7 680 so`m bo`lgan) to`g`ri kelmoqda.  Soddalashtirilgan me`yorlar va 2021-yil 24-yanvardan Toshkent viloyatida amal qilayotgan tariflar bo`yicha bir oyda:  

-ko`cha kolonkasidan foydalanuvchilar uchun kishi boshiga – 2 243 so`m (ilgari 8 973 so`m bo`lgan);  

-ko`p kvartirali uylarda kishi boshiga – 29 276 so`m (ilgari 33 458 so`m bo`lgan);  

-kanalizasiya tizimiga ulangan hovli uylarda kishi boshiga – 23 687 so`m (ilgari 36 094 so`m bo`lgan); 

-kanalizasiya tizimiga ulanmagan hovli uylarda kishi boshiga – 15 703 so`m (ilgari 17 946 so`m bo`lgan); 

-suv sepish maydonining 10 kvadrat metri uchun – 6 730 so`m (ilgari 13 511 so`m bo`lgan) to`g`ri kelmoqda.

Eski me`yorlar bo`yicha avtomashina uchun 4 200 so`m, uy hayvonlari uchun 168 so`mdan 1 365 so`mgacha to`lov amalga oshirish kerak bo`lgan, yangi me`yorlar bo`yicha esa ular uchun to`lovlar ko`zda tutilmagan.  

"Iste`molchilarga suvdan foydalanishda hisoblagichlar afzalligini yana bir bor eslatib o`tamiz. Bunda harajatlar kamida 2 barobarga kamayib, suv hisoblagich harajatlari 6-12 oyda qoplanadi", - deya qo`shicha qiladi jamiyat. 

    Boshqa yangiliklar