AsosiyJamiyat

“Kinoteatr” telekanalida namoyish etilgan ochiq sahnalar ortidan tekshiruv boshlandi

'“Kinoteatr” telekanalida namoyish etilgan  ochiq sahnalar ortidan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Kinoteatr» telekanali orqali efirga uzatilgan filmlarning birida ochiq sahnalar namoyish etilgani haqidagi lavha jamoatchilik muhokamalariga sabab bo`ldi.

Mazkur lavha 2021 yilning 31 yanvar kuni soat 22:00da efirga uzatilgan «Baunti» filmi namoyishidan olingan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan dastlabki o`rganish ishlari olib borilmoqda. O`rganish ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertlar tayinlandi.

O`rganish yakunlari yuzasidan tayyorlangan xulosa asosida «Kinoteatr» telekanaliga taqdimnoma hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun ma`lumot kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar