COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo bo`ylab yuzaga kelgan logistika muammolari o`z navbatida yuk tashishning yangi yo`nalishlarini tashkil etishni taqozo etdi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu borada "O`ztemiryo`lkonteyner" AJ va “RJD Biznes Aktiv” hamkorligida Xitoy davlatidan yuklarni konteynerlarda tashishning yangi yo`nalishlari bo`yicha amaliy ishlar olib borildi.
Xitoyning Sindao portidan chiqqan RJD Biznec Aktiv va "O`ztemiryo`lkonteyner" AJ hamkorligidagi birinchi konteyner blok poezdi joriy yilning 30 yanvar kuni Rossiyaning Ms-Churkin stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga o`z harakatini boshladi.
Blok poezdi o`z tarkibiga xalq xo`jaligi mollari ortilgan 70 ta 40 futlik konteynerlarni olgan bo`lib, Ms-Churkin stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga etib kelish vaqti 11-12 kunni tashkil etadi.






