2021 yilning dekabr holatiga ko`ra milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornograf kontentlar aniqlandi. Bu haqda 31 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasining navbatdagi majlisida ma`lum qilindi.
Shuningdek, o`tgan yilning dekabridagi holatga ko`ra, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma`naviy buzuqlik targ`ibotiga xizmat qilishi mumkin bo`lgan holatlar aniqlangan bo`lib, 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.






