O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining birinchi o`rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo`lib qoladi.
Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.






