AsosiyJamiyat

Samarqandning ikki tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, katta miqdorda zarar keltirilgani aniqlandi

'Samarqandning ikki tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, katta miqdorda zarar keltirilgani aniqlandi'ning rasmi

Narpay va Paxtachi tumanlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Narpay tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.O.” oilaviy korxonasi rahbari S.I. payvandlash va boshqa uskunalarni to`g`ridan-to`g`ri elektr tarmog`iga ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 830,3 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Xuddi shunday, Paxtachi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.B. o`z xonadonida toshni kesish, ishlov berish va pardozlash xizmatini ko`rsatish uchun “F.B.” oilaviy korxonasini tashkil etib, tegirmon va boshqa uskunalarni o`rnatib, elektr ta`minoti korxonasi ruxsatisiz, o`zboshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulanib foydalanganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 133,8 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar