"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 3 fevralda O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi.
Qayd etilishicha, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, ba`zi joylarda 12-14° gacha iliq bo`ladi.
Poytaxtda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo`ladi.
Shuningdek, tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi, ba`zi joylarda tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






