2 fevral kuni Bokuda bo`lib o`tgan Yoshlar forumida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev yoshlarning savollariga javob berar ekan, vatanparvarlik va 30 yillik mustaqillikdagi muvaffaqiyat haqida ham gapirdi.
“Vatanparvar bo`lish uchun har bir inson qalbida Vatanga mehr, unga sadoqat tuyg`usi bo`lishi kerak. Lekin shu bilan birga har bir inson, ayniqsa, yoshlar o`z Vatani bilan haqli ravishda faxrlanishi kerak. O`tgan yili 30 yillik mustaqilligini nishonlagan yurt sifatida bugun biz har bir fuqaro faxrlana oladigan davlat yaratdik, deya olamiz. Chunki har qanday sohaga nazar tashlasak, haqiqatdan ham ulkan tarixiy muvaffaqiyatlarga erishganimizni ko`rishimiz mumkin”, - degan Ilhom Aliev.
O`tgan yilning noyabr oyida Ozarboyjonning turli hududlariga tashkil qilingan press-tur davomida ushbu davlatga boradigan har bir sayyoh guvohi bo`lishi mumkin bo`lgan jihatlarga biz ham e`tibor qaratdik. Bu ma`lumotlar barchaga ham qiziq bo`ladi, degan maqsadda sizlarga ulashishni lozim topdik.
Xullas, Ozarbayjon(da):
📌 Yo`llar sifati bo`yicha dunyoda 27-o`rinda turadi;
📌 O`rtacha oylik ish haqi 425 $, eng kam oylik 250 $;
📌 Benzin narxi A-92 - 1 manat (~6 400 so`m), A-95 - 1.6 manat (~10 000 so`m) (A-80 benzin haqida so`raganimda "Uni qanday mashinalarga quyishadi?" deb so`rashdi);
📌 Kiyim-kechaklar, oziq-ovqat, texnikalar narxlari bizdan 1.5-2 baravar qimmatroq;
📌 Bakuda uy narxlari 1 xonali 20-35 ming, 2 xonali 35-80 ming dollar orasida, 1 kv. metr uchun o`rtacha 1 ming dollar;
📌 Avtomobil uchun tonirovka deyarli bepul, faqat orqa uch oynalarga ruxsat - 30 $ atrofida xizmat uchun pul to`lanadi;
📌 Korrupsiya reytingida dunyoda 128-o`rinda (O`zbekiston 143-o`rin);
📌 Qurilishlar bo`yicha "snos" bor, ammo kompensasiya to`lovida muammo yo`q;
📌Ko`chalarda peshlavhalar faqat ozarbayjon tilida (2005 yilda qabul qilingan qonun bilan boshqa tillarda yozishga ta`qiq qo`yilgan va bu ijro qilingan);
📌 Shaharda tirbandlik darajasi juda yuqori;
📌 Mashinalar monopoliyasi yo`q;
📌 Sayyohlar (asosan, Eron, Rossiya va arab mamlakatlaridan) oqimi pandemiyaga qadar 3 mln. kishi / yil bo`lgan;
📌 Uzoq yo`lli magistrallarda ijtimoiy hojatxonalarni deyarli yo`q. Ammo AYoQShlar va restoranlarda bor va bepul.
Sardorbek Rahmonqulov






