Toshkent shahar Sergeli tumanidagi temir panjara ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 3-fevral kuni soat 16:49 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Qurbaytepa” MFY Sa`diy ko`chasida joylashgan temir panjara ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tumun FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:56 da etib borib, yong`in soat 17:15 da qurshab olingan va soat 17:31da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida sexning taxminan 120 kv.m maydonida tomi va shift qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






