Namanganda "Lasetti" haydovchisi beton to`siqqa urishi oqibatida halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 29 yanvar kuni soat 19:00 larda, Baliqchi-Pungon yo`lining 62 km.da, Mingbuloq tumani Qo`g`aliko`l MFY hududida, shu tumanda yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan fuqaro To`raqo`rg`on tumanida istiqomat qiladigan, 1966 yilda tug`ilgan fuqaroni nomida bo`lgan Lasetti rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo`qotib, beton to`siqqa urilgan.
Natijada, avtomashina haydovchisi og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 29 yanvar kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






