Ekvador poytaxti Kitoda yomg`ir va ko`chki qurbonlari soni 24 kishiga etdi. Bu haqda 2-fevral, chorshanba kuni Xavf va favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofatlar oqibatida yana 48 kishi jarohat olgan, 12 kishi bedarak yo`qolgan.
Suv toshqinlari dushanba kuni kuchli yomg`irlar shaharda so`nggi 20 yil ichida yog`ingarchilik rekordini yangilaganidan keyin boshlangan.
Mahalliy hokimiyat ma`lumotlariga ko`ra, La Gaska va La Kommuna ishchilar mahallalari hududida suv to`plangan, shundan so`ng loy toshli oqim paydo bo`lgan. U yo`lda mashinalarni supurib tashladi, uylarni suv bosdi va muhandislik ustunlarini qulatdi. Natijada Kito shahrining bir qismi elektr energiyasiz qoldi.
Rasmiylar jabrlangan oilalar uchun boshpana ochib, shahar ko`chalarini tozalashga kirishgan. Qutqaruv guruhlari loyga botgan uylar va ko`chalarni qidirishda davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi mumkin.






