AsosiyDunyo

Rossiyada pandemiya boshidan beri rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etildi

'Rossiyada pandemiya boshidan beri rekord sonda kunlik kasallanish holatlari qayd etildi'ning rasmi

Rossiyada koronavirusning omikron varianti bilan kasallanish darajasi o`sishda davom etmoqda. Bu haqda DW xabar bermoqda. 

 Qayd etilishicha, Pandemiya tarixida birinchi marta Rossiyada koronavirus bilan kasallanishning kunlik o`sishi 150 ming kishidan oshdi. Oxirgi sutka davomida mamlakatda 155 768 ta infeksiya holati qayd etilgan, 667 nafar bemor koronavirus infeksiyasi tufayli vafot etgan.

Rossiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishining boshidan buyon umumiy soni 12 284 564 nafarga etdi, deyarli 10,4 million bemor virusdan tuzalib ketdi, 333 357 nafari vafot etdi.

Kasallikning eng yuqori darajasi Rossiya poytaxti - Moskvada ham qayd etilgan bo`lib -  26 904 holat. So`nggi 24 soat ichida 1622 bemor kasalxonaga yotqizildi, 560 nafar bemor mexanik ventilyasiyaga o`tkazildi. Koronavirus bilan kasallanishning yuqori o`sishi Sankt-Peterburgda ham qayd etilgan - 21 234 ta holat va Moskva viloyatida - 8 721.

    Boshqa yangiliklar