Tesla Inc kompaniyasi xavfsizlik kamari xavfsizlik kamarining taqilmaganidan ogohlantiruvchi signal tufayli 817 143 ta avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Amerika Qo`shma Shtatlari Milliy Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ta`kidlashicha, xavfsizlik kamarini bildiruvchi ovozli signal har doim ham kompaniya avtomobillarida ishlamaydi.
“Shu sababga ko`ra, avtomobillar Federal avtotransport xavfsizligi standarti talablariga javob bermaydi”, — deb yozadi agentlik.
Qaytarib olinadigan kompaniya mashinalariga 2021-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model S va Model X hamda 2017-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model 3s va 2020-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Model Y kiradi.
Kompaniya 1 aprelgacha ushbu avtomobillar egalariga bildirishnoma yuborishini ma`lum qiladi.






