Lola Karimovaning qizi Maryam Tillyaeva Amiran Sardarov bilan ajrashdi.
Amiran ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bu haqda ma`lum qildi.
"Masha va men ajrashdik. Afsuski, shunday bo`ldi. Hayotimga kirganing uchun senga rahmat aytmoqchiman. Sen juda yorqin, aqlli va baquvvatsan. Shundayligingcha qolishingni xohlayman! Hech qachon xafa bo`lma va doimo kulib yur. Ishonchim komilki, barcha yaxshi damlar sening oldingda, sen o`z baxtingni topasan", — deya yozib qoldirgan bloger Amiran Sardarov hammasi uchun rahmat aytib.
Eslatib o`tamiz, Maryam Tillyaeva rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan 2021 yilning aprel oyida turmush qurgan edi.






