Germaniya milliy emlash komissiyasi yana bir vaksinadan foydalanishga ruxsat berdi. Endi mamlakatda 18 yoshdan oshgan har bir kishi ushbu preparat bilan emlanishi mumkin.
Bu ilgari Evropa Ittifoqida sertifikatlanganlardan tubdan farq qiladi. U koronavirus bilan bir qatorda ko`kyo`tal, tetanoz va grippdan himoya qilish uchun ham ishlatilishi aytiladi.
Preparat haqida bir qator nashrlarda qayd etilishicha, u nisbatan kamroq nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Uni ishlab chiqarish arzonroq, tashish va saqlash sharoitlariga qo`yiladigan talablar ham ancha kamroq",-deyiladi xabarlarda.






