Xorazmda viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi etakchi inspektori ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, viloyatning qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi etakchi inspektori R.R., fuqaro R.ning Xonqa tumani, “Qirqyop” qishlog`idagi binosini foydalanishga qabul qilish haqidagi murojaati inspeksiya tomonidan ko`rib chiqilib, ob`ektni qabul qilish rad qilingan bo`lsada, R.R. xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning tanishi F.ga go`yoki ushbu murojaatni ijobiy hal qilib berishini va`da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






