Turkiyaning ommabop tv100.com veb-saytida taniqli turk tarixchisi, professor Ilber O`rtaylining «Ko`rmasdan ketmang» maqolasi e`lon qilindi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muallif o`quvchilarga inson umri davomida borib ko`rishi shart deb hisoblagan dunyodagi beshta shahar haqida ma`lumot bergan. E`tiborlisi, turk tarixchisi bu ro`yxatga O`zbekistonning ikki shahri – Samarqand va Buxoroni kiritgan.
— “Bu ikki shaharning muhtasham inshootlari, muzeylari, masjid va madrasalari har qanday didi nozik sayyohni ham hayratga soladi, – deydi mutaxassis. — Ming yillar davomida forslar, arablar va turkiy qavmlar hukmronlik qilgan bu ikki kent bir necha o`ziga xos madaniyatlar chorrahasini o`zida mujassam etgan”.






