AsosiyDunyo

Pekin-2022: hamyurtimiz Olimpiada o`tadigan tog` chang`i trassasi bilan tanishdi

'Pekin-2022: hamyurtimiz Olimpiada o`tadigan tog` chang`i trassasi bilan tanishdi'ning rasmi

Bugun Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya o`yinlari rasman ochiladi.

 Turizm va sport vazirligining ma`lum qilishicha, Pekin tog`larida qor yog`mayaptgani   ko`pchilikni tashvishga solmoqda. Biroq xitoylielar buni ham chorasini topishgan. Musobaqalar bo`lib o`tadigan barcha trassalarga etarli miqdorda sun`iy qor tashlangan.

Ushbu olimpiadada ishtirok etadigan yagona vakilimiz Komil To`xtaev kecha Pekin trassalarida dastlabki mashg`ulotini o`teazgan. Olimpiadada hamyurtimizni startga olib chiqadigan italiyalik murabbiy Mattia Jennesi etib kelguniga qadar sportchimiz mashg`ulotini evropalik do`stlari bilan olib borgan.

“Juda murakkab trassa. Undagi qorning ba`zi qismi muzga aylanib qolgani uchun tezlik yuqori. Bu tezkor tushish dasturidagilar uchun yanada murakkablik tug`diradi. Olimpiada o`yinlarida meni startga olib chiqadigan murabbiyim hali Pekinga etib kelmagan bo`lsa-da, Italiyada men bilan birga shug`ullanadigan klubdagi ko`plab sportchi va murabbiylar shu erda. Mattia etib kelgunga qadar ular bilan shug`ullanib turaman. Hozir bor e`tiborimiz trassaga moslashib olishga qaratiladi”, – deya o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi Komil To`xtaev.

 

Eslatib o`tamiz, sportchimiz Pekin-2022 qishki Olimpiya o`yinlari doirasida 13-fevral kuni gigant slalom, 16-fevralda esa slalom dasturiga startga chiqadi.

    Boshqa yangiliklar